Sport | 19:50 / 30.11.2017
42784
4 daqiqa o‘qiladi

Futbol bo‘yicha JCh-2018 o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan stadionlar

Rossiya futbol bo‘yicha 2018 yilgi Jahon chempionatini o‘tkazish uchun stadionlar va infratuzilmalar barpo etishga 10 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi. Bu Sharqiy Yevropada o‘tkaziladigan birinchi eng oliy darajadagi futbol musobaqasi bo‘ladi. Quyida ushbu chempionat o‘yinlari o‘tkaziladigan stadionlar bilan tanishish imkoniga egasiz.

Foto: Getty Images

Sankt Peterburg stadioni 2017 yil aprelida foydalanishga topshirildi. Usti yopiladigan stadion ichidagi harorat yil bo‘yicha 15 daraja iliqqacha boshqarilishi mumkin. Guruh bosqichi, 1/8 finali, yarim final va uchinchi o‘rin uchun o‘yinlar o‘tkaziladigan maydonga 67 ming tomoshabin sig‘adi. 

Foto: Getty Images

Yekaterinburg stadioni Moskvadan 1600 km uzoqlikda joylashgaan shaharda barpo etilgan. FIFAning eng kamida 35 ming tomoshabin sig‘dirishi bo‘yicha qo‘yilgan talabini bajarish maqsadida qayta ta'mirlangan o‘yingohga qo‘shimcha o‘rindiqlar joylashtirilgan. Bu yerda guruh o‘yinlari tashkil etiladi. 

Foto: FIFA

Sochidagi Fisht stadionida 2014 yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish va yopilish marosimlari o‘tkazilgan edi. U xalqaro futbol musobaqalarini o‘tkazish talabiga javob beradigan darajada jihozlangan. Unda guruh bosqichi, 1/8 finali o‘yini va chorak final o‘yinlari o‘tkaziladi. 47 mingdan ortiq tomoshabin sig‘adigan o‘yingohda Rossiya terma jamoasi mashg‘ulotlari va o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazmoqda. 

Foto: Getty Images

Lujniki stadioni 1980 yilda Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan. 2008 yilgi Chempionlar ligasi finali, 2013 yilgi Yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati ham shu yerda tashkil etilgan. Ayni shu stadionda JCh-2018 ning asosiy tomoshasi – final o‘yini bo‘lib o‘tadi. 81 mingdan ortiq o‘rindiqqa ega stadionda, shuningdek, guruh bosqichi, 1/8 finali, yarim final o‘yinlari o‘tkaziladi. 

Foto: Getty Images

Kaliningrad stadioni Polsha va Litva o‘rtasidagi orolda barpo qilingan bo‘lib, Bavariyadagi mashhur Allianz Arena nusxasidir. 

Foto: FIFA

Rostov shahridagi Rostov Arena stadioni Azov dengizidan 32 km uzoqlikda joylashgan. Butunlay yangi qurilgan o‘yingoh balandligi 51 metrni tashkil etadi. Bu yerda guruh bosqichi va 1/8 o‘yinlarini 45 ming muxlis tomosha qilishi mumkin.

Foto: Getty Images

Volgograd Arena ham 45 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi va unda guruh bosqichi o‘yinlari o‘tkaziladi. 

Foto: Getty Images

Spartak stadioni Moskvada joylashgan. 43,300 ga yaqin o‘rindiqli stadionda 1/8 finali o‘tkaziladi. 

Foto: Getty Images

Nijniy Novgorod stadioni Volga va Oka daryolari tutashgan shaharda joylashgan. 45,300 dan ortiq kursi joylashtirilgan o‘yingohda guruh bosqichi, 1/8 va chorak final o‘yinlari o‘tkaziladi. 

Foto: Getty Images

Samara Arena o‘yingohi 44 800 dan ortiq o‘rindiqqa ega. Unda guruh bosqichi, 1/8 va chorak final o‘yinlari o‘tkaziladi. Keyinchalik u Kosmos Arena deb ataladi. 

Foto: Getty Images

Mordoviya Arena Saransk shahrida joylashgan. 44 442 o‘rindiqli stadion qurilishi 2010 yilda boshlangan edi. Chempionatdan keyin stadiondagi qo‘shimcha binolar buziladi va 25 ming kishiga mo‘ljallanadi. 

Foto: Getty Images

Qozon Arena Londonning Uembli va Arsenal stadionlarining tashqi ko‘rinishini deyarli takrorlaydi. 2013 yili foydalanishga topshirilgan stadionda guruh bosqichi, 1/8 va chorak final o‘yinlari o‘tkaziladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid