Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyadan Rossiya harbiylarini olib chiqishga tayyorgarlik boshlandi
Rossiya Federatsiyasi harbiylarini Suriyadan olib chiqish bo‘yicha harakatlarga tayyorgarlik jarayoni boshlanib ketgan. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevga asoslangan holda TASS agentligi xabar tarqatdi.
«Bu bo‘yicha [Suriyadan harbiy guruhlarni olib chiqish] tayyorgarlik harakatlari boshlanib bo‘lgan», degan u jurnalistlarga.
Undan harbiylarni qaytarish ishlari qachon boshlanishi haqida so‘rashgan.
«Barchasi tayyorgarlik darajasida», degan Patrushev.
Bundan oldinroq, Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari, armiya generali Valeriy Gerasimov Suriyadagi harbiy harakatlar yakuniy pallada ekanini ma'lum qilgandi.
Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham 22 noyabr kuni Sochida Turkiya va Eron rahbarlari bilan uchrashuv vaqtida ma'lum qilgandi.
Rossiya 2015 yilning 30 sentabrida Suriya hukumati iltimosi bilan ushbu arab respublikasi armiyasiga IShID va boshqa jangarilarga qarshi kurashda ko‘mak ko‘rsatish uchun o‘z harbiylarini olib kirgandi. O‘tgan vaqt davomida jangarilarga qarshi havodan turib ko‘plab muvaffaqiyatli amaliyotlar amalga oshirildi va Suriyaning asosiy qismi jangarilardan ozod etildi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026