O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Koreya elchisi bilan muzokara o‘tkazdi
2017 yilning 29 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Koreya Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon Uni qabul qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida uzoq muddatli ikki tomonlama hamkorlikning yangi istiqbollarini belgilash imkonini bergan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi va yuqori va boshqa darajalardagi muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, suhbatda siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliya-investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda erishilgan o‘zaro manfaatli kelishuvlarni hamda ikki mamlakat yetakchi iqtisodiy tuzilmalari o‘rtasida yirik tijorat shartnomalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishning amaliy masalalari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
11:10 / 14.08.2024
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»
15:50 / 20.01.2024
Abdulaziz Komilov Bryusselda YeK rahbarining bosh maslahatchisi bilan uchrashdi
12:52 / 20.01.2024