Tojikiston fuqarolari AQSh elchixonasini aldashga urindi
Tojikiston poytaxtida yashovchi ikki fuqaro 30 noyabr kuni Ismoil Somoniy tuman sudida, AQShning Tojikistondagi elchixonasi xodimlarini aldashga urinish va muhrlarni soxtalashtirish harakati uchun katta jarimaga tortildi.
Mart oyida Dushanbe shahrida istiqomat qiluvchi Shodiyor Norqulov va Mohira Rahimova o‘zlarini tadbirkor sifatida tanishtirib, Qo‘shma Shtatlar elchixonasining xodimlarini aldashga urinishdi. Amerika vizasini olish jarayonini osonlashtirish uchun ular o‘z pasportlariga Ozarboyjon, Belarus chegara postlari va «Dushanbe» nazorat-o‘tkazish punktining soxta muhrlarini qo‘yib olishgan, deya xabar bergan suddagi manba.
Pasportdagi muhrlar soxta ekanligini AQShning Tojikistondagi elchisi aniqladi. Elchixonada pasportlarni Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga muhrlar ekspertizasi uchun jo‘natish haqida qaror qabul qilishgan. Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara qo‘shinlari bosh boshqarmasi nazorat-o‘tkazish punktlarining barcha muhrlari soxta ekanini tasdiqladi.
Sud jarayonida ma'lum bo‘lishicha, Baxtiyor ismli shaxs soxta muhrlarni tayyorlagan va qo‘yib bergan, u o‘z «xizmatlarini» 40 dollarga baholagan. Sud qarori bilan Shodiyor Norqulov va Mohira Rahimovaga 30 ming somoniy (taxminan 3400 dollar) miqdorida jarima solindi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, AQSh hududiga kirishni istagan Tojikiston fuqarosi avval viza olishi kerak; vaqtinchalik safar uchun noimmigratsion yoki Amerika Qo‘shma Shtatlarida doimiy yashash uchun immigratsion. Tojikiston fuqarolari bir yil muddatga ko‘p martalik vizalar olishadi.
Mavzuga oid
09:15
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024