Tojikiston poytaxtida yaşovçi ikki fuqaro 30 noyabr kuni Ismoil Somoniy tuman sudida, AQŞning Tojikistondagi elçixonasi xodimlarini aldaşga uriniş va muhrlarni soxtalaştiriş harakati uçun katta jarimaga tortildi.

Mart oyida Duşanbe şahrida istiqomat qiluvçi Şodiyor Norqulov va Mohira Rahimova özlarini tadbirkor sifatida taniştirib, Qöşma Ştatlar elçixonasining xodimlarini aldaşga urinişdi. Amerika vizasini oliş jarayonini osonlaştiriş uçun ular öz pasportlariga Ozarboyjon, Belarus çegara postlari va «Duşanbe» nazorat-ötkaziş punktining soxta muhrlarini qöyib olişgan, deya xabar bergan suddagi manba.

Pasportdagi muhrlar soxta ekanligini AQŞning Tojikistondagi elçisi aniqladi. Elçixonada pasportlarni Tojikiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi va Milliy xavfsizlik davlat qömitasiga muhrlar ekspertizasi uçun jönatiş haqida qaror qabul qilişgan. Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi Çegara qöşinlari boş boşqarmasi nazorat-ötkaziş punktlarining barça muhrlari soxta ekanini tasdiqladi.

Sud jarayonida ma'lum bölişiça, Baxtiyor ismli şaxs soxta muhrlarni tayyorlagan va qöyib bergan, u öz «xizmatlarini» 40 dollarga baholagan. Sud qarori bilan Şodiyor Norqulov va Mohira Rahimovaga 30 ming somoniy (taxminan 3400 dollar) miqdorida jarima solindi.

Rasmiy xabarga köra, AQŞ hududiga kirişni istagan Tojikiston fuqarosi avval viza olişi kerak; vaqtinçalik safar uçun noimmigratsion yoki Amerika Qöşma Ştatlarida doimiy yaşaş uçun immigratsion. Tojikiston fuqarolari bir yil muddatga köp martalik vizalar olişadi.