Jahon | 16:50 / 03.12.2017
6000
1 daqiqa o‘qiladi

Ekvador qirg‘oqlari yaqinida kuchli zilzila ro‘y berdi

Ekvador qirg‘oqlari yaqinida 6,0 balli zilzila kuzatildi. Bu haqda Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi xabar tarqatdi.

Zilzila markazi mamlakat shimoli-g‘arbidagi yirik shahar Guayakildan 197 km uzoqlikda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i dengiz ostida, 10 km chuqurlikda ekani aytilgan.

Hozircha tabiiy ofat oqibatida jabrlanuvchilar va boshqa tafsilotlar haqida ma'lumotlar yo‘q.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid