Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Poroshenko “hushyor holatiga qaramay” ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishini aytdi
Foto: RIA Novosti
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili NewsOne telekanali efirida Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko qanday spirtli ichimliklarni xush ko‘rishi haqida so‘zlab berdi.
Saakashvilining aytishicha, u bilan Poroshenko o‘rtasida bir marta suhbat bo‘lganda, Poroshenko mamlakatda yaxshi vinolar ishlab chiqarilishiga gumon bildirgan.
“U menga “Misha, bizda yaxshi ukrain vinosi borligiga ishonmayman”, deb aytgandi”, deb eslab o‘tdi o‘sha suhbatni Saakashvili.
Saakashvilining aytishicha, Poroshenko italyan va fransuz vinolarini xush ko‘radi. U, shuningdek, Poroshenko me'yoridan ko‘p spirtli ichimlik ichishi haqidagi gaplarni inkor etdi.
“U ko‘p ichmaydi. Bu mish-mish. Biroq hushyor holatiga ko‘p xatolar qiladi”, deb aytgan Saakashvili.
Mavzuga oid
10:30 / 18.11.2025
Poroshenko Ukraina hukumatining butun tarkibini iste’foga chiqarishni talab qildi
23:19 / 13.11.2025
Saakashvili 2022 yildan beri yashagan klinikadan qamoqqa qaytarildi
08:52 / 13.11.2025
Mixail Saakashvili kasalxonadan yana qamoqqa qaytarildi
23:41 / 29.09.2025