Jahon | 22:30 / 05.12.2017
4609
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiya prokuraturasi Puchdemonning ekstraditsiyasi bo‘yicha ishni yopdi

Foto: Getty Images

Belgiya prokuraturasi 5 dekabrda Kataloniyaning sobiq yetakchisi Karles Puchdemonning Ispaniyaga ekstraditsiyasi bo‘yicha ishni yopdi. Bu haqda Bryussel prokuraturasiga iqtibos keltirgan holda AFP ma'lum qildi.

Avvalroq, 5 dekabrda Ispaniya oliy sudi Puchdemon va Kataloniya hukumatining 4  nafar sobiq a'zosining hibsga olinishiga xalqaro orderni qaytarib olgani ma'lum bo‘lgan. 

Shu munosabat bilan Belgiya sudi Puchdemon va uning safdoshlarining Ispaniyaga topshirilishi o‘z dolzarbligini yo‘qotganligi qayd qilinadigan yangi yig‘ilish o‘tkazadi. Ushbu sud yig‘ilishi sanasi hali belgilanmagan.

Ispaniya oliy sudining qarori sud saytida joylashtirilgan. Puchdemonning hibsga olinishiga order u Bryusselda bo‘lganda Madriddagi milliy sud hay'atiga kelmagandan keyin 3 noyabrda berilgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid