Foto: Kremniy vodiysida xarid qilish mumkin bo‘lgan eng qimmat uy
Texnologiyalar olamidagi eng ta'sirchan va obro‘li insonlarga qo‘shni bo‘lishni xohlaysizmi? Buning uchun siz bor-yo‘g‘i 48 mln dollar sarflashingz kerak bo‘ladi. Amerikadagi eng qimmat pochta indekslarining 3/5 qismi aynan Kremniy vodiysi yaqinidagi badavlat kishilar istiqomat qiluvchi hudud hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu yerda texnokrat magnatlar naqd pulga dabdabali uylarni xarid qiladi.
Facebook va Google bosh qarorgohlaridan bir ko‘cha narida joylashgan hududdagi tarixiy uylar narxi ko‘pchilikning aqlini shoshirishi mumkin. Masalan, iyul oyida Kaliforniya shtati Vudsayd okrugi, Portol-roud, 1550 manzilida joylashgan uy 48 mln dollarga baholandi. Bu ayni shu binoning 2008 yilgi turg‘unlik davridagi qiymatidan 700 foiz ko‘p demakdir.
1915 yilda barpo etilgan qasr qachonlardir Adelaida Kirkbraydga tegishli bo‘lib, 2,8 gektar maydonni egallaydi. Uning o‘z ko‘li va otxonasi ham bor. Bugungi kunda bu uy Kremniy vodiysidagi eng qimmat uy hisoblanadi. Agent Per Bulyan nima uchun ushbu ko‘chmas mulk bunchalik qimmatligini izohladi.
Umuman olganda Vudsayd — Kremniy vodiysining qishlog‘i bo‘lib, ko‘plab yillar mobaynida mazkur aholi punktida Stiv Jobs, Larri Ellison va Masayosi Son kabi magnatlar istiqomat qilgan.
Shunday qilib 48 mln dollar evaziga siz texnologiyalar olamidagi mashhur shaxslar bilan qo‘shni bo‘lishingiz mumkin.
Canardia qasrini 2008 yilda noma'lum sarmoyador 6,1 mln dollarga xarid qilgan.
OAVda tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, ushbu binodan foydalanish uchun taqiq qo‘yilgan edi. Ammo Per Bulyanning aytishicha, bunday emas. Bir necha oila oilaviy trast orqali ko‘chmas mulkka egalik qilgan. Ularning bir necha nafari vafot etganidan so‘ng, bank bu uyni 2008 yilgi inqiroz vaqtida foydali narxga sota oldi.
Frantsuz uslubida qurilgan uy 2,8 gektar yerning bir qismida joylashgan. Deyarli har bir xonada yirik derazalar o‘rnatilgan.
585 m2 maydonda 5 ta yotoqxona, 7 ta katta cho‘milish xonasi va bitta kichikrog‘i bor.
Ikkita katta stol joylangan oshxonada ko‘pchilik bir vaqtning o‘zida ovqatlana oladi. Taom tayyorlash uchun alohida joy hozirlangan.
Albatta, oshxona intereri ta'mirtalab, biroq 48 mln dollarga uy sotib olgan xaridor uni ta'mirlay oladi.
Uyning ilk egalari orzularidagi qasrni barpo qilish uchun mablag‘ni tejamagani shundoq ko‘rinib turadi. Xususan, balkonga chiquvchi eshik o‘rnatilgan yotoqxonalardan birining maydoni juda katta.
Asosiy cho‘milish xonasi ham juda ulkandek taassurot qoldiradi.
Mana bu kiyinish xonasi San-Frantsiskodagi o‘rtacha studiya bilan bemalol raqobat qila oladi.
Uyni xarid qilganlar basseynda suzishlari...
... yoki xususiy ko‘lda cho‘milishlari mumkin.
Otxonada 14 bosh poni otlari boqilishi mumkin. Bulyanning so‘zlariga ko‘ra, bu binolar hozirda ancha xarob ahvolda, shuning uchun uning o‘rnida keng garaj barpo qilsa bo‘ladi.
Ushbu uyning ajoyib bir qismidan, agar yangi xo‘jayinlar xursandchiliklarni yoqtirmasa, ta'mirlash chog‘ida voz kechish mumkin. Umumiy stol va ochiq oshxona tantanali kechalarni o‘tkazishga juda mos tushadi.
Bog‘da meditatsiya uchun ham ajoyib joy bor.
Hashamatli uy alohida joyda qurilganiga qaramay, Google, Facebook, VC qarorgohlari va mashhur Stenford universiteti yaqinida joylashgan.
Qolaversa, uning uchun so‘ralayotgan 48 mln dollar milliarderlar uchun arzimagan pul deyish mumkin.
«O‘z kompaniyalarini milliardlab dollarga sotayotganlar uchun bu raqam hech narsani anglatmaydi», — deydi Bulyan.
Mavzuga oid
15:49 / 25.11.2024
Eng kichik asteroid: u Yerga qachon va qanday qulagan?
08:10 / 25.11.2024
Aleksandr Darchiyev RFning AQShdagi yangi elchisi bo‘lishi mumkin
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024