Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin O‘zbekiston bilan mehnat migrantlarini jalb etish to‘g‘risidagi bitimni ma'qulladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy yollash va jalb etish bo‘yicha Rossiya-O‘zbekiston hukumatlararo bitimini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Rossiya Davlat dumasi tomonidan 24 noyabr kuni qabul qilingan va mamlakat Federatsiya Kengashi tomonidan 29 noyabr kuni tasdiqlangan hujjat RF huquqiy ma'lumotlar rasmiy saytida e'lon qilindi.
2017 yilning 5 aprel kuni Moskvada imzolangan bitim O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada manzilli ishga joylashtirishni ta'minlashga yo‘naltirilgan va ularni o‘z vatanlari hududida immigratsiyaga qadar tayyorlashni nazarda tutadi. Shu maqsadlarda Rossiyada ishga joylashtirish imkoniyati haqida ma'lumot berish, ish beruvchilar bilan nomzodlarni muvofiqlashtirish, shuningdek mehnat shartnomalari loyihalari, Rossiya Ta'lim va ilm-fan vazirligi tomonidan tavsiya etilgan, kompleks imtihon topshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallarga muvofiq ta'lim berish nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, bitimda bo‘lajak mehnat migrantlari sog‘lig‘i holatini nazorat qilish, xalqaro yoki davlatlararo qidiruvda emasligini aniqlash, sudlanganlik holatini tekshirish, Rossiyadagi ish joyiga borishini va O‘zbekistonga qaytishini tashkillashtirish, shuningdek RFda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish hamda berish ko‘zda tutilgan.
Bitim Rossiya Federatsiyasi tomonidan xorijiy fuqarolarni Rossiya hududida mehnat faoliyatini olib borishga tashkiliy yollash va jalb etish masalasi bo‘yicha imzolangan birinchi xalqaro hujjat sanaladi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
08:22 / 19.06.2026