Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rasman. Putin navbatdagi saylovda ham qatnashadi (video)
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2018 yilgi prezident saylovida ishtirok etishini ma'lum qildi.
Putin Nijniy Novgoroddagi Gorkiy avtomobil zavodi tashkil etilganiga 85 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirda chiqishi vaqtida bu haqda rasman ma'lum qildi.
«Men Rossiya Federatsiyasi prezidentligi uchun nomzodimni ilgari suraman. Bu haqda e'lon qilish uchun bundan yaxshiroq vaqt va joy yo‘q edi.
Rossiya faqat oldinga yuradi va bunda unga hech kim to‘siq bo‘la olmaydi, hech kim to‘xtata olmaydi», — dedi Putin.
Bungacha Putin OAV tomonidan u navbatdagi prezidentlik saylovida qatnashishi ehtimoli haqidagi savollarini ochiq qoldirib kelayotgandi.
Rossiyada saylovoldi kampaniyasi 2017 yilning 17 dekabrida boshlanadi. Ovoz berish jarayoni 2018 yilning 18 martida bo‘lib o‘tadi.
Agar Putin bu saylovda g‘alaba qozonsa, to‘rtinchi muddatga Rossiya prezidenti bo‘ladi va 2024 yilgacha shu lavozimda bo‘ladi.
Bungacha prezidentlik saylovida ishtirok etish istagi KPRF yetakchisi Gennadiy Zyuganov, LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy, «Yabloka» asoschisi Grigoriy Yavlinskiy, tadbirkorlar huquqlari himoyasi bo‘yicha vakil Boris Titov hamda teleboshlovchi Kseniya Sobchak tomonidan bildirilgandi.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20:34 / 05.06.2026
Bu xat qo‘pollik unsurlariga ega - Putin Zelenskiyning xati haqida
17:01 / 05.06.2026
«Oreshnik» hali jangovar qo‘llangani yo‘q – Putin
14:21 / 05.06.2026