Sport | 07:55 / 06.12.2017
20824
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik kurashchilar jahon chempionatidan 10 ta oltin medal bilan qaytishdi  

Foto: Uzbekistan Today

O‘zbekistonlik kurashchilar Istanbulda o‘tgan XI jahon chempionatidan 10 ta oltin medal bilan qaytishdi. Musobaqalar 15 ta vazn toifasida 50 ta davlatdan kelgan kurashchilar o‘rtasida bordi. 

O‘zbekiston terma jamoasi vakillari umumiy hisobda 10 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Terma jamoada Kumush Yo‘ldosheva, Dildor Shermatova, Mohinur Mo‘minova, Gulnor Sulaymonova, Rahima Yo‘ldosheva, Kamoliddin Rasulov, Shuhratjon Arslonov, Muhsin Hisomiddinov, Shahram Ahadov va Davlat Abrayev oltin medallarni qo‘lga kiritdilar.

Ilhom Jo‘rayev, Muhriddin Qurbonov, Malohat Ro‘ziyeva, Oysuluv Abdumajidova, Omongul Allanazarova, Mohinur Pirnazarova kumush medallar sohiblariga aylandilar. 

Gulmira Ismatova, Gavhar Xudoyqulova, Maftuna Esonova, Rinata Ilmatova, Begam Boyimovaga bronza medallar nasib qildi.

Jahon chempionati doirasida Xalqaro kurash assotsiatsiyasining XVII kongressi ham bo‘lib o‘tdi. Kongressda Afrika, Osiyo va Okeaniya, Yevropa va Amerika kurash konfederatsiyalari rahbarlari kurashning yanada ommalashtirilishi, musobaqalarning yuqori darajada o‘tkazilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida hisobotlar taqdim qilishdi. Shuningdek, Fransiya, Indoneziya, Bangladesh, Malayziya va Shri-Lanka kurash federatsiyalari Xalqaro kurash assotsiatsiyasiga a'zolikka qabul qilindilar.  

Mavzuga oid