Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh dunyo bo‘ylab terrorchilik xurujlaridan ogohlantirmoqda
Foto: RIA Novosti
AQSh davlat departamenti amerikalik fuqarolarni dunyo bo‘ylab terrorchilik xavfidan ogohlantirmoqda. Tashqi siyosat mahkamasi 2017 yil 14 sentabrda e'lon qilingan hujjatni yangiladi. Bunga "xorijiy mamlakatlarda Amerika fuqarolari va manfaatlariga nisbatan terakt tahdidi, siyosiy zo‘ravonliklar va jinoiy harakatlar davom etayotgani" sabab qilib ko‘rsatilgan.
Shu munosabat bilan amerikaliklarga "sayohatlari chog‘ida o‘z xavfsizliklarini ta'minlash maqsadida o‘ta ziyrak va ehtiyotkor bo‘lish hamda zarur shartlarni amalga oshirish tavsiya etilgan".
"Sayohat qiluvchilar terrorizm bilan bog‘liq xatarlardan tashqari, siyosiy keskinlik, zo‘ravonlik va namoyishlar ehtimoli borligi tufayli ham ziyrak bo‘lishlari lozim", — deyiladi hujjatda. Odatdagidek, amerikaliklar bu kabi holatlarda jamoat joylari va diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurishda ehtiyot bo‘lishlari tavsiya etiladi.
Mavzuga oid
23:32 / 02.04.2026
AQSh bosh prokurori Pem Bondi iste’foga chiqadi
23:13 / 02.04.2026
Erondagi eng katta ko‘prik AQSh va Isroil zarbasi oqibatida vayron bo‘ldi
21:32 / 02.04.2026
AQShda 51 yil avvalgi qotillik DNK texnologiyasi yordamida fosh etildi
21:19 / 02.04.2026