Jamiyat | 11:00 / 07.12.2017
49534
2 daqiqa o‘qiladi

Olmaotada dahshatli qotillik yuz berdi

Olmaota shahrida to‘rt kundan beri o‘z qurbonlarini vahshiylarcha o‘ldirgan qotil qidirilmoqda. U ikki ayolni dahshatli darajada o‘ldirgan, keyin ularning tana a'zolarini chiqarib olgan. Yana bir erkak esa jonlantirish bo‘limida qolmoqda, deya xabar berdi KTK kanali.

Vahshiy qotillik 2 dekabr kuni sodir bo‘ldi. Opa-singillar va ularning mehmoniga o‘zlarining uylarida hujum qilishgan. Qo‘shnilar va halok bo‘lganlarning qarindoshlari so‘zlariga ko‘ra, bir qurbonga 30 marta pichoq urishgan, ikkinchisiga – 15.

"Hech kim buni aytayotgani yo‘q, lekin ichki a'zolar kesib olingani rost. Burchakda stol turgan, mening fikrimcha, spirtli ichimliklar ichilgan, tushunishimcha, u mast bo‘lib qolganidan so‘ng duch kelganni pichoq bilan jarohatlagan”, - deya aytib o‘tdi halok bo‘lganlarning kuyovi Farhod Jambakiyev.

Qo‘shnilarning ishonch bildirishicha, bu ishni vasvos (manyak) qilgan va qurbonlar qiynoqqa ham solingan. "Buni juda og‘ir qabul qildik, hozirgacha, bilasizmi, shokdamiz. Qo‘rquv, faqat qo‘rquv. Bizning yigitlar, erkaklar xotinlarini, farzandlarini yolg‘iz qoldirishga cho‘chishmoqda. Hozirda hamma, rostini aytsam, eshikni hech kimga ochmayapti", - deya aytib o‘tgan qo‘shnilardan biri.

Olmaota shahri Ichki ishlar departamenti vaziyat yuzasidan hozircha rasmiy ma'lumot bermagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid