Jahon | 15:45 / 09.12.2017
22058
2 daqiqa o‘qiladi

85 kg geroin. Moskva oblastida O‘zbekiston fuqarolari sudlandi

Foto: RIA "Novosti"

Moskva oblasti sudi O‘zbekiston va Tojikistonning sakkiz fuqarosini giyohvand moddalar savdosida aybdor deb topdi, ulardan 85 kilogrammdan ortiq geroin olib qo‘yilgan, deb xabar bermoqda Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.

"Ko‘rsatilgan shaxslar sheriklari bilan, ularga nisbatan ochilgan jinoiy ishlar alohida ish yurituviga ajratilgan, jinoiy guruh tashkil etgan. Uning maqsadi esa Moskva mintaqasida geroinni sotish bo‘lgan. Guruh faoliyatiga 2014 yilda chek qo‘yildi. 85 kilogrammdan ortiq geroin noqonuniy aylanmadan olindi", - deyiladi xabarda.

Mahkamaning ko‘rsatishicha, giyohvand modda maxsus yashirin joylar orqali sotilgan, doimiy mijozlar uchun esa chegirmalar va bonuslar ko‘rinishida mukofotlash tizimi ham bo‘lgan, bu xarid qilinuvchi tovar hajmiga bog‘liq tarzda bo‘lgani aytilmoqda.

Sud ularni “Jinoiy guruhni tashkil etish va unda ishtirok etish”, “Giyohvand vositalarni noqonuniy ravishda sotish” va “Giyohvand vositalarni noqonuniy ravishda sotishga tayyorlash” moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topdi hamda ishtirok etish darajasiga qarab, 7 yildan 18 yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar bergan “Sputnik-Uzbekistan”.

Mavzuga oid