Bugun SSSRni maqtaydigan ayrim odamlar öşa paytlarda jinoyatçilik bölmaganini, odamlar bir-birlarini aldamasliklarini aytişadi. Aslida, aslo unday emasdi.

SSSRda jinoyatçilik bor edi, şunçaki aksariyat oğir jinoyatlar ommadan yaşirilar, şu sababli odamlar ongiga «bizda jinoyatlar sodir bölmaydi», degan tuşunça singib qolgandi.

Quyida hikoya qiladigan jinoyat ham sovetlar davrida sodir etilgan va SSSR parçalanib ketgandan söng ommaga oşkor bölgan.

1985 yil qiş fasli. Moskva viloyatidagi dalahovlilar joylaşgan qişloqlarning birida uyga qaytayotgan sotuvçi ayol qorda qon izini körib qoladi.

Atrofga alanglagan ayol öşa atrofdagi uylarning biridan tutun çiqayotganini köradi. Uy yonayotgan edi. Ayol uy eşigini oçadi va ikki yigitning jasadiga közi tuşadi. Yigitlar qonga belangan holda yotardi.

Ayol darhol qöşnilarni çaqiradi. Bu orada kimdir öt öçiruvçilarga va militsiyaga qönğiroq qiladi. Öt öçiruvçilar kelib olovni öçirişadi. Militsiya atrofni örab oladi.

Jasadlar tekşirib körilganda ular yuqori lavozimli amaldorlarning öğillari – Viktor Sereda va Sergey Kapustin ekani oydinlaşadi. Yigitlardan birining otasi diplomat, ikkinçisi KPSS Markaziy qömitasi a’zosi edi.

Yigitlarning jasadi topilgan dalahovli tekşirib körilganda qandaydir Salomatin degan şaxsga tegişli ekani aniqlanadi. Xöş, u kim va yigitlar qay tarzda öldirilgan?

Tekşirib körilganda, dalahovli egasining öğli Valeriy Salomatin öldirilgan yigitlar bilan Moskvadagi universitetlarning birida birga öqişi oydinlaşadi.

Militsiya dastlab yigitlar örtasida janjal kelib çiqqan va Salomatin örtoqlarini öldirib qoçib ketgan, degan taxminga boradi.

Biroq ...

Militsiya qişloqdagi barçadan körsatma oladi. Şunda öşa kuni ularni birinçi bölib körgan ayol hamda boşqalar bu yigitlar bezori bölişgani, köpçilikka zarar yetkazib kelişganini aytadi.

Sotuvçi ayolning militsiyaga bergan körsatmasiga köra, yigitlar öşa kuni ertalab u işlayotgan magazinga spirtli içimliklar oliş uçun kirişadi. Sotuvçi yigitlarni voyaga yetmagan deb gumon qilgan va ulardan şaxsni tasdiqlovçi hujjat söraydi.

Şunda yigitlar ayolga döq urib, içimlik berişni talab qilişadi. Şu payt magazinga aka-uka Yegor hamda Fyodor Xarlamovlar kirib keladi va yigitlarni quvib yuboradi.