Moskva oblasti sudi Özbekiston va Tojikistonning sakkiz fuqarosini giyohvand moddalar savdosida aybdor deb topdi, ulardan 85 kilogrammdan ortiq geroin olib qöyilgan, deb xabar bermoqda Rossiya Federatsiyasi Boş prokuraturasi matbuot xizmati.
"Körsatilgan şaxslar şeriklari bilan, ularga nisbatan oçilgan jinoiy işlar alohida iş yurituviga ajratilgan, jinoiy guruh taşkil etgan. Uning maqsadi esa Moskva mintaqasida geroinni sotiş bölgan. Guruh faoliyatiga 2014 yilda çek qöyildi. 85 kilogrammdan ortiq geroin noqonuniy aylanmadan olindi", - deyiladi xabarda.
Mahkamaning körsatişiça, giyohvand modda maxsus yaşirin joylar orqali sotilgan, doimiy mijozlar uçun esa çegirmalar va bonuslar körinişida mukofotlaş tizimi ham bölgan, bu xarid qilinuvçi tovar hajmiga boğliq tarzda bölgani aytilmoqda.
Sud ularni “Jinoiy guruhni taşkil etiş va unda iştirok etiş”, “Giyohvand vositalarni noqonuniy ravişda sotiş” va “Giyohvand vositalarni noqonuniy ravişda sotişga tayyorlaş” moddalarida közda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topdi hamda iştirok etiş darajasiga qarab, 7 yildan 18 yilgaça bölgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar bergan “Sputnik-Uzbekistan”.

















