Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda “suv parisi” ko‘rinishidagi chaqaloq dunyoga keldi
Foto: Cater News Agency
Hindistonlik ayol oyoqlari chatishib ketgan – “suv parisi” ko‘rinishidagi farzandni dunyoga keltirdi. Ushbu chaqaloqning surati Daily Mail nashri tomondan namoyish qilindi.
Ma'lum qilinishicha, 23 yoshli ona homiladorlik vaqtida tegishli tekshiruvlardan o‘ta olmagan. Chaqaloq sirenomeliya yoki suv parisi sindromi deb ataluvchi rivojlanishdagi nuqsonga egaligi tug‘uruqxonadagina aniqlangan. Go‘dak dunyoga kelgandan keyin 4 soat o‘tgach vafot etgan.
Ayol ko‘zi yorigan shifoxonaning bolalar shifokori Sudip Saxaning aytishicha, chaqaloqning ota-onasi ishchilar sinfiga mansub bo‘lib, pullari yo‘qligi sababli ayol tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagan. Saxaning ta'kidlashicha, chaqaloqda bunday sindrom yuzaga kelishiga onaning yomon ovqatlanishi va unda noto‘g‘ri qon aylanishi sabab bo‘lishi mumkin.
Suv parisi sindromi 100 ming chaqaloqdan birida uchrashi mumkin hamda buyraklar va siydik qopi yaxshi rivojlanmagani sababli odatda bir kundan keyin o‘limga olib keladi. Biroq bunday kasallik bilan bir necha yil yashagan bolalar ham bo‘lgan. Misol uchun, bunday nuqson bilan tug‘ilgan amerikalik Shaylo Pepin ishlaydigan buyrak, ammo ichagining bir qismi va jinsiy a'zolari yo‘q bo‘lgan holda 10 yil yashagan va 2009 yilda vafot etgan.
Mavzuga oid
20:47 / 20.01.2026
Hindistonda fil 10 kun ichida 22 kishini o‘ldirdi
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
23:10 / 07.01.2026
«Telsartan H» dori vositasining ayrim partiyasi muomaladan qaytarib olinadi
13:02 / 06.01.2026