Aeroporti yo‘q 6 mamlakat: U yerlarga qanday borish mumkin?
Boshqa mamlakatga sayohat haqida gap ketganda avtomatik ravishda samolyot chiptasini izlay boshlaymiz, biroq shunday mamlakatlar ham borki, ularga havo yo‘li orqali borishning imkoni yo‘q.
Masalan, Vatikan — bu Rim markazida joylashgan atigi 44 gektar maydonga ega davlat. Uning o‘z aeroporti yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, u yerga Italiya poytaxtidan borish qiyin emas.
San-Marino ham xuddi shunday — mamlakat 33 mingdan ziyod aholiga ega, to‘liq Italiya hududi bilan o‘ralgan va "Federiko Fellini nomidagi Rimini xalqaro aeroporti"dan atigi 15 kilometr masofada joylashgan.
Eng kichik mamlakatlar ro‘yxatida Vatikandan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi Monako (aholisi 38,5 ming kishi)ga borish uchun esa "Nitstsa Lojuvard sohili" xalqaro aeroportiga parvoz qilish, u yerdan esa mashinada atigi 25 daqiqada yetib olish mumkin bo‘ladi.
Shunisi qiziqki, kichik mamlakatlar ro‘yxatidagi uchinchi va to‘rtinchi bo‘lib turgan Nauru va Tuvalu o‘z aeroportiga ega, beshinchi va oltinchisi esa - yo‘q.
San-Marino haqida yuqorida aytildi, Lixtenshteynga borish uchun esa poytaxtdan 38 kilometr narida joylashgan "Altenrayn Sankt-Gallen" aeroportiga parvoz qilishga to‘g‘ri keladi.
Atigi 40 kilometrli maydonga egalik qiluvchi Andorra ham shunday - u yerga parvoz qilishning iloji yo‘q. Pirineylar vodiysida, tog‘ tizmalari o‘rtasida uchish-qo‘nish yo‘lakchasi uchun joy topish qiyin bo‘lardi. Shunday ekan, u yerga Fransiya yoki Ispaniya orqali borishga to‘g‘ri keladi — Andorra poytaxtiga borish kerak bo‘lsa, Ispaniyaning "Jirona — Kosta-Brava" aeroportiga parvoz qilgan qulayroq.
Falastin hududlarida ham aeroportlar yo‘q, biroq Isroilning "Ben-Gurion" xalqaro aeroporti Vifleyemdan atigi 42 kilometr masofada joylashgan.
Mavzuga oid
17:36 / 14.11.2024
Hindiston xalqaro aeroportida havoning ifloslanishi tufayli 200 dan ortiq reyslar kechiktirildi
18:36 / 08.11.2024
Finlandiya aeroportlari GPS tizimidagi uzilishlar tufayli 1960 yillardagi navigatsiyadan foydalanishga o‘tdi
13:30 / 07.01.2024
Besh yulduzli mehmonxona, metro bekati va 70 ming mashina uchun avtoturargoh – dunyoning eng yirik aeroportlari
15:11 / 12.02.2020