Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident 11 yillik maktab va sirtqi ta'limga qaytishni izohladi
Toshkentda 7 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida davlat mukofotlarini tantanali topshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda prezident O‘zbekistonda ilm-fan, adabiyot, san'at va madaniyat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga ham to‘xtalib o‘tgan.
Fanlar akademiyasining ilmiy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga zarur mablag‘ va resurslar ajratilgani, yangi ilmiy markazlar, texnoparklar tashkil etilgani qayd etib o‘tilgan.
«Ilm-fan – taraqqiyot asosi. Zamonaviy ilm-fan yutuqlariga, innovatsion g‘oyalarga tayanmagan davlatning ham, jamiyatning ham kelajagi yo‘q.
Faqat ilm va ma'rifat, intellektual salohiyat, har tomonlama bilimli kadrlar hisobidan biz O‘zbekistonni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqa olamiz», degan prezident.
Shavkat Mirziyoyev ta'lim sohasidagi o‘zgarishlar haqida ham gapirgan.
«O‘zlaring bilan maslahatlashib 11 yillik ta'limga qaytdik. Bu mening fikrim emas, xalqimizning talabi.
Odamlar avvalgi maktablarni, o‘qituvchilarni qaytarishni so‘radi.
Men avvalgidek maktablarni tashkil qilib berishim mumkin. Lekin men avvalgi o‘qituvchilarni qaytara olmayman. Chunki, biz o‘zimiz e'tiborsizlik qildik. Axir o‘qituvchilarni sizlashimiz kerak, jamiyat unday kishilarni siz deyishi kerak», degan prezident.
«11 sinf, sirtqi ta'lim uchun ba'zilar eskiga qaytayapsiz, deb meni tanqid qildi. Lekin odamlarning fikri boshqacha. Zavodlarda bilim olishni istaydiganlar, muhandis bo‘lishni istaydiganlar bor. Odamlarni o‘qitish kerak», degan prezident.
Mavzuga oid
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
19:03 / 25.08.2025