Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda Rossiya telekanallari o‘chirib qo‘yildi
Foto: Zakon.kz
"Kazaxtelekom" aksiyadorlik jamiyati 11 dekabrdan Rossiya telekanallarining retranslyatsiyasini to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabarida aytiladi.
Bunday qarorga retranslyatsiya uchun huquqlar narxining oshirilganligi sabab bo‘ldi. Ro‘yxatdan "NTV-Mir", "RTR-Planeta", "Rossiya-24", "Rossiya-Kultura" telekanallari joy olgan.
"Bu telekanallar Rossiya Federatsiyasi hududida barcha aholiga keng, majburiy taqdim etiluvchi kanallar ro‘yxatiga kiradi va Rossiyada retranslyatsiya uchun pul olinmaydi. Sobiq SSSR hududidagi qator davlatlarda pulli televideniye operatorlari ham ko‘rsatilgan kanallar kontentidan foydalanish uchun xarajatlarni o‘z bo‘yniga olmaydi", - deya xabar berishgan "Kazaxtelekom" AJdan.
Kompaniyadan ma'lum qilishlaricha, muzokaralarni davom ettirish niyatidalar, biroq shartnomalar bo‘yicha avvalgi shartlarni saqlab qolishga harakat qilishadi. Aks holda bu xizmatdan foydalanayotgan abonentlar uchun narxning oshishiga olib kelishi mumkin. "Kazaxtelekom" matbuot xizmatidan ta'kidlashlaricha, Qozog‘iston tomoni abonentlik to‘lovi hajmini avvalgi darajada qoldirish imkonini beradigan muqobil variantlarni taklif qilgan. Biroq Rossiya ularni qabul qilmadi, deya xabar beradi Open Asia.
Mavzuga oid
09:32
Ispaniya Rossiyaning “soya floti” tankerini qo‘lga olmadi
09:13
Qirg‘iziston Rossiya ustidan YeOII sudiga da’vo arizasi kiritdi
22:16 / 27.01.2026
«Rosatom» O‘zbekistondagi AES o‘rnida «atom klasteri»ni tashkil etishni taklif qildi
19:44 / 27.01.2026