Texnologiya | 14:16 / 11.12.2017
7127
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung smartfonlarni zaryadlovchi "aqlli" kiyimni ixtiro qildi

Foto: Samsung

Samsung nafaqat egasini sovuqdan himoyalovchi, balki gadjyetlarni ham zaryadlovchi "aqlli" kiyimni  patentladi. LetsGoDigital jurnali shu haqida xabar berdi. 

Kiyimga sohibining faolligini kuzatuvchi datchik va protsessorlar o‘rnatiladi. Shu bilan birga, u akkumulyator bilan ham ta'minlanadi - energiya qo‘llar harakati natijasida to‘planadi.

Akkumulyator sig‘imi haqida hozircha hech narsa ma'lum emas, biroq patent arizasida uning u qadar katta emasligi ko‘rsatilgan. Samsung mutaxassislari noyob ixtironi qanday yuvish haqida hozircha ma'lumot berishmagan.

Foto: Samsung
Foto: Samsung

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid