O‘zbekiston | 10:35 / 13.12.2017
11213
2 daqiqa o‘qiladi

IT-maktab 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tanlov e'lon qildi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2017-2018 o‘quv yili uchun 10-sinf o‘quvchilarini qabul qilish maqsadida tanlov e'lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:

1. Maktab direktori nomiga ariza;
2. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma yoki pasport nusxasi;
3. 086/U-shakldagi tibbiy ma'lumotnoma;
4. Yashash joyidan ma'lumotnoma;
5. 3x4 hajmda 6 ta fotosurat;
6. 9 sinfni bitirganlik to‘g‘risidagi shahodatnoma nusxasi;
7. Ota va ona pasporti nusxasi. 

Tanlov MATEMATIKA, FIZIKA, INGLIZ TILI fanlaridan yozma shaklda o‘tkaziladi.

Tanlov davlat (O‘ZBEK) tilida o‘tkaziladi. 

Hujjatlarni qabul qilish Ixtisoslashtirilgan maktab binosi 1-qavatida amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan maktab manzili: 

Mirzo Ulug‘bek tumani,Tepamasjid ko‘chasi, 4 uy. 

Ixtisoslashtirilgan maktab telefon raqami: 262 48-87

Hujjatlar 2017 yil 30 dekabr kuni soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.

Tanlov Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida ushbu universitetga kirish imtihonlari kabi bevosita videokuzatuvlar o‘rnatilgan holda Inha universiteti va Ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladi.

Mavzuga oid