Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Qirg‘izistonga doir yana bir xalqaro shartnomani tasdiqladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror imzoladi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2017 yil 6 oktabr kuni Toshkent shahrida imzolangan havo transporti qatnoviga xizmat ko‘rsatish uchun javobgarlikni topshirish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-taomillarini bajargani haqida qirg‘iz tomoniga tegishli bildirishnoma yuboradi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni belgilangan tartibda ta'minlaydi.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklandi.
Mavzuga oid
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yangi post ochildi
20:10 / 25.05.2026