Fan-texnika | 15:00 / 14.12.2017
23124
3 daqiqa o‘qiladi

Bunaqasi bo‘lmagan: Fiat Punto avtomobili xavfsizligi 0 ga baholandi

Foto: Euro NCAP

Yevropaning yangi avtomobillar xavfsizligini baholash tashkiloti – Euro NCAP 15 ta yangi avtomobil: Alfa Romeo Giulietta, BMW 6 Series, Dacia Duster, DS 3, Fiat Punto, Ford C-Max i Grand C-Max, Hyundai Kona, Jaguar F-Pace, Kia Stinger, Kia Stonic, MG ZS, Opel Karl, Toyota Aygo, Toyota Yaris’ni sinovdan o‘tkazdi.

Bu sinalgan modellar ichidan Fiat Punto avtomobili Euro NCAP tarixida 0 baho olgan yagona mashina bo‘ldi. Bu antirekord bo‘ldi: hali birorta avtomobil bunday past ko‘rsatkichlarni namoyish qilmagan.

Tashkilot mutaxassislarining aytishlaricha, bu mashinada yo‘lovchilar va bolalarning himoyalanganlik darajasiga 2 ta yulduz bersa bo‘ladi. Biroq xetchbekda qo‘shimcha xavfsizlik tizimlari, misol uchun, tezlikni nazorat qilish va orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilarni xavfsizlik kamari taqilmaganidan ogohlantirish tizimi mavjud emas. Tashkilot qoidalariga ko‘ra, ushbu xavfsizlik tizimlarisiz yuqori baho olish mumkin emas.

Foto: Euro NCAP

Model yo‘lovchilarni old to‘qnashuvda himoyalashiga 19,7 ball yoki maksimal natijadan 51 foiz olgan. Krash-testlar davomida mutaxassislar modelda deformatsiyalanadigan to‘siqqa urilishda, mashinaning butun eni bo‘ylab old va yon tomondan urilishda ko‘krak qafasi past darajada himoyalanganini qayd qilishgan. Bundan tashqari, mashina orqadan zarbaga uchraganda yomon himoyaga ega.   

Foto: Euro NCAP

Bolalarni himoyalash bo‘yicha Fiat Punto 21,4 ball (maksimaldan 43 foiz) oldi. Bu tizim old to‘qnashuvda yetarlicha, yon tomondan zarba berilganda past darajada himoya bilan ta'minlaydi. 

Umuman olganda, krash-testlar natijalariga ko‘ra MG ZS (71 foiz himoyalash), Dacia Duster (71 foiz), Kia Stonic (85 foiz), Toyota Aygo (74 foiz), Alfa Romeo Giulietta (72 foiz), Ford C-MAX (76 foiz), Grand C-MAX (76 foiz), Opel Karl (61 foiz) va the DS 3 (69 foiz) maksimal 5 yulduzdan 3 yulduz olgan.

Reyting yetakchilari esa Hyundai Kona (87 foiz), Kia Stinger (93), BMW 6 Series (86), Jaguar F-Pace (93) va Toyota Yaris (83 foiz) bo‘ldi. Bu modellarning barchasi maksimal 5 yulduz olgan.

Foto: Hyundai Kona
Foto: Kia Stinger
Foto: BMW 6 Series
Foto: Jaguar F-Pace
Foto: Toyota Yaris

 

Mavzuga oid