Yevropaning mustaqil sinovlar (kraş-testlar) ötkazuvçi (Euro NCAP) taşkiloti 2017 yilning eng xavfsiz avtomobillarini ma'lum qildi.
Taşkilot saytida ta'kidlanişiça, ğoliblar 6 ta yönaliş böyiça aniqlandi, çunki turli sinfdagi avtomobillarni xavfsizlik nuqtai nazaridan baholaşning iloji yöq.
Reytingni tuzişda mutaxassislar katta yoşli yölovçilar va bolalar xavfsizligi, piyodalar xavfsizligi darajasi va avtomobilning konstruktiv hamda ekspluatatsion xususiyatlarini közda tutuvçi “faol xavfsizlik” tizimini hisobga olişdi.
2017 yilda taşkilot 70 ta yangi va reystayling qilingan modelni sinovdan ötkazdi.
Haşamatli avtomobillar sinfida Volkswagen Arteon eng xavfsizi deb topildi. Maşinada katta yoşli yölovçilarning himoyalanganlik darajasi 96 foizga, bolalarniki 85 foizga, piyodalarniki 85 foizga, faol xavfsizligi 82 foizga baholangan.
“Ixçam krossover” toifasida sinovlarda özini Volvo XC60 eng yaxşi namoyiş qildi. Mutaxassislar maşinada katta yoşli yölovçilarning himoyalanganlik darajasini 98 foizga, bolalarnikini 87 foizga, piyodalarnikini 75 foizga, faol xavfsizligini 95 foizga baholaşgan.
“Mini-krossover” toifasida Volkswagen T-Roc eng xavfsiz maşina deb topildi. Mutaxassislar maşinada katta yoşli yölovçilarning himoyalanganlik darajasini 96 foizga, bolalarnikini 87 foizga, piyodalarnikini 79 foizga, faol xavfsizligini 71 foizga baholaşgan.
V-sinfda Volkswagen Polo eng xavfsiz deb topildi. Maşinada katta yoşli yölovçilarning himoyalanganlik darajasi 96 foizga, bolalarniki 85 foizga, piyodalarniki 76 foizga, faol xavfsizligi esa nisbatan past – 59 foizga baholangan.
“Kompaktven” toifasida Opel Crossland X eng xavfsiz deb topildi. Unda katta yoşli yölovçilarning himoyalanganlik darajasi 85 foizga, bolalarniki 84 foizga baholangan, biroq piyodalarning xavfsizligi va faol xavfsizligi nisbatan past baholangan: mos ravişda 62 va 57 foiz.
















