O‘zbekiston | 15:15 / 14.12.2017
20233
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Endi shifokorlar bilan bog‘lanish va davlat imtihonlariga tayyorlanish yanada oson! 

Foto: KUN.UZ

12 dekabr kuni Xalqaro biznes-markazida  “Ta'lim va tibbiyot sohalariga innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Tadbir davomida ishtirokchilarga ikki innovatsion loyiha — oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun tayyorgarlik tizimi — Gotest.uz hamda tibbiyot tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilgan — Askdoctor.uz  loyihalari namoyish etildi. 

Askdoctor.uz 

Mazkur loyiha bemorning kasallik tarixini onlayn saqlash tizimi bo‘lib, onlayn rejimida mutaxassislardan salomatlikka doir maslahatlar olish va shifokor qabuliga onlayn yozilish imkoniyatini yaratadi.

Tizimda foydalanuvchilar shifokorlarning ishiga baho berishi asosida o‘ziga xos shifokorlar reytingi yaratilgan. E'tiborlisi, vrachlar qabuliga onlayn yozilish mumkin. Bundan tashqari u xususiy klinikalarning xizmatlari bo‘yicha narx-navolari bilan tanishish imkonini beradi.

AskDoctor taqdim etuvchi ajoyib qulayliklar: 

  • Bepul konsultatsiyalar olish uchun portalda oddiy va oson ro‘yxatdan o‘tish, kifoya. 
  • Portal foydalanuvchilari o‘z savollarini o‘zbek hamda rus tillarida yo‘llashlari mumkin. Shuningdek, shifokorlar orasida xorijlik mutaxassislar bo‘lganligi sababli ular ham ingliz tilida javob berishi mumkin. 
  • Tibbiy varaqangiz ishonchli yerda saqlanadi va siz undan istalgan vaqtda foydalana olasiz                    
  • AskDoctorportaliningAndroid, i na IOSplatformasida ishlaydigan qurilmalar uchun  mobil ilovasi ham mavjud. 

Onlayn tibbiy varaqa

Tizim doirasida maxsus onlayn tibbiy karta yaratilgan bo‘lib, u turli yillarda amalga oshirilgan tahlil, tashxis, shifokor tavsiyalari kabi ma'lumotlarni o‘zida saqlaydi. Endi mobil ilova orqali istalgan paytda o‘z tibbiy kartangizni ko‘zdan kechirish mumkin. Onlayn tibbiy varaqa shifokor qabuliga kelganda tahlil natijasini yuklab olib, unga yuborish imkoniyatini beradi. 

Yana bir e'tiborli tomoni - sizning ruhsatingizsiz ma'lumotlar bazasidagi hech bir ma'lumot oshkor etilmaydi. 

Xasan Jo‘rayev, Healthful diagnostik markazi direktori, urolog, androlog:

"AskDoctor hozirda jahonning eng ilg‘or mamlakatlarida foydalanib kelinadigan onlayn tizimga o‘xshaydi. Bugungi kunda mazkur loyiha bemorlar uchun katta qulayliklar va imkoniyatlar yaratib beradi. O‘zim shifokor bo‘lganligim uchun bu bemorlarim bilan individual ishlashga, ortiqcha navbatlardan holi bo‘lgan holda onlayn maslahatlar berishimga yordam beradi. Shuningdek, endilikda anonim tarzda bemorlar istalgan masala yuzasidan savol berishlari mumkin".

Maxsus chegirmalar

Jamoa tomonidan yo‘lga qo‘yilgan chegirmali MedKartalar ko‘zda ko‘ringan xususiy klinikalar xizmati uchun 5%dan 50 %gacha chegirmalarga ega bo‘lishga imkon yaratadi. Ularni askdoctor.uz sayti yoki ko‘rsatilgan telefon raqamlar orqali aktivatsiya qilib, bemalol foydalanish mumkin.

Zamonaviy ensiklopediya 

Xususan, tizim orqali sodda tildagi tibbiy ensiklopediya bilan jahon va mahalliy tibbiyot yangiliklari hamda turli aksiya va chegirmalar, haftalik bepul tibbiy ko‘riklar bilan tanishi imkoniyati mavjud.

Gotest.uz — bo‘lg‘usi talabalar uchun mo‘ljallangan bepul ijtimoiy loyiha. Davlat test markazi xodimlari bilan hamkorlikda yaratilgan mazkur ijtimoiy IT loyiha abituriyentlarga davlat testlariga tayyorgarlik ko‘rishda yordam beradi. Undagi 6000dan ortiq test savollari DTM testlariga maksimal darajada yaqinlashtirilgan.

 
Bundan tashqari mazkur tizim quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

•  O‘zRning turli oliygohlari fakultetlarining o‘tish ballari bo‘yicha ma'lumotnoma;
•  xatolar ustida ishlash – o‘z xatolarini ko‘rish, test tamomlanganidan keyin to‘g‘ri javob bilan tanishish, uning talqini;
•  to‘plangan ballar yordamida oliygohlarga kirish yo‘nalishlarini tanlash bo‘yicha tavsiyaga ega bo‘lish.

Foydalanuvchi tayyorgarlik darajasini, qanday yo‘nalishlarga moyilligini sinab ko‘rishi, fakultetlar bo‘yicha fanlarni avtomatik tarzda tanlashi va qator boshqa qulayliklarga ega bo‘lishi mumkin.

Taqdimot yakunida barcha mehmonlarga chegirmali tibbiy onlayn kartalari sovg‘a qilindi.

Reklama huquqi asosida

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid