Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Sen». Putin Tramp bilan o‘rtalaridagi «sirni» ochdi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, ular Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Tramp bilan bir-birlariga ismlarini aytib murojaat qilishadi. Davlat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, agarda ingliz tilida ruscha “ty” – “sen” so‘ziga o‘xshash so‘z bo‘lganida (ingliz tilida faqat you olmoshi bor, u bir vaqtning o‘zida ham “sen”, ham “siz”ni anglatadi), ular allaqachon undan foydalana boshlashardi.
- Janob Tramp bilan ismlarni aytgan holda muloqot qilamiz, shuning uchun bu borada bilmayman ham. Agarda “sen” yoki “siz” bo‘lganida, biz “sen”ga o‘tgan bo‘larmidik? Katta ehtimol bilan ha, - deya javob berdi u jurnalistning tegishli savoliga. – Sababi biz garchi u bilan kam uchrashgan bo‘lsak ham, ikki marta juda oz vaqt, umuman olganda bizga o‘zimizning saylovchilar tomonidan topshirilgan faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi odamlar o‘rtasida amaliy munosabatlar o‘rnatilishi kerak.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Tramp ikki marta uchrashishgan – yozda Hamburgdagi “Katta yigirmatalik” sammitida va noyabr oyida Vetnamda tashkil etilgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti vaqtida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin «hammaga tupurgan» Saakashvili haqida gapirgani va amerikalik jurnalistga «tashlangani» xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20:34 / 05.06.2026
Bu xat qo‘pollik unsurlariga ega - Putin Zelenskiyning xati haqida
17:01 / 05.06.2026
«Oreshnik» hali jangovar qo‘llangani yo‘q – Putin
14:21 / 05.06.2026