Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA yana bir mansabdorni poraxo‘rlikda ayblab futboldan chetlatdi
Foto: Getty Images
FIFAning etika qo‘mitasi Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) prezidenti Marko Polo del Neroni 90 kun muddatga istalgan turdagi, xoh u xalqaro bo‘lsin, xoh milliy, futbolga aloqador barcha faoliyatdan chetlatdi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Manbaning xabar berishicha, del Nero korrupsiyaga aralashishda gumon qilingan va hozirda uning ustidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. FIFA shu sababdan ham uni futboldagi faoliyatidan chetlatgan. Xabar qilinishicha, 15 dekabrdan kuchga kiradigan jazo vaziyatga qarab 45 kun ham davom etishi mumkin.
Del Nero 2015 yilning 27 mayida FIFAning ko‘plab yuqori mansabdor shaxslari kabi pora olganlikda gumon ostiga olingan. Shuningdek, Del Nero 2014 yili Braziliyada bo‘lib o‘tgan JCh vaqtida xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq korruptsion mojaroga ham aralashgan bo‘lishi mumkin.
2017 yilning mayidan boshlab mansabdorga Braziliyani tark etish taqiqlab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
08:46 / 06.12.2025
Trampga FIFAning yangi tinchlik mukofoti topshirildi
23:03 / 27.11.2025
Portugaliya o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi
23:12 / 25.11.2025
O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2026 qur’asida uchinchi savatdan joy oldi
22:28 / 19.11.2025