O‘zbekiston parlamenti 2018 yilgi byudjyetni tasdiqladi

Foto: Dreamstime
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Deputatlar O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi Davlat byudjyeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjyetlari, shuningdek soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdilar.
Deputatlar ta'kidladilarki, joriy yilda belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirishni ta'minlashga qaratilgan kuch-g‘ayratni safarbar etish yuzasidan talay tizimli ishlar amalga oshirildi. Bunda mahalliy byudjyetlar mustaqilligini oshirish, daromadlar tushumlarining qo‘shimcha manbalarini aniqlash, shuningdek ularni jalb etish hisobiga byudjyetning daromad qismini shakllantirish borasida sifat jihatidan yangicha yondashuvlardan foydalanildi. Bularning barchasi pirovard natijada belgilangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish imkonini berdi. Joriy yil byudjyeti barcha nazarda tutilgan xarajatlar bajarilgan va tasdiqlangan dasturlar moliyalashtirilgan holda YaIMga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan ijro etilishi kutilmoqda.
Davlat byudjyeti birinchi marta jahon moliya institutlari tomonidan e'tirof etilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, baholash indekslari asosida tuzilganligi ko‘rsatib o‘tildi. 2018 yilda YaIM 290,6 trln. so‘m miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda, deflyator 14,1 foizni, iste'mol narxlari indeksi 12-13 foizni tashkil etadi. Davlat byudjyetini YaIMga nisbatan 0,02 foiz profitsit bilan tasdiqlash taklif etildi.
Shu bilan birga, 2018 yilgi soliq siyosatining xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar va aholi daromadlariga soliq yukini yanada kamaytirishni, mahalliy byudjyetlar daromadini oshirishni nazarda tutuvchi asosiy yo‘nalishlari belgilanganligi alohida e'tirof etildi. Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq yuki darajasini fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan hisobraqamlariga ajratmalar miqdorini 1 foizdan 2 foizgacha oshirish hisobiga kamaytirish, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat'iy belgilangan soliq stavkasini pasaytirish taklif etildi. Shuningdek bir xildagi soliq solinadigan bazaga ega bo‘lgan soliqlar va to‘lovlarni birlashtirish yo‘li bilan soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar sonini qisqartirish taklif etilmoqda.
Prognoz ko‘rsatkichlar 2018 yilda ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar davom ettirilishidan dalolat bermoqda. Xususan, ijtimoiy soha xarajatlari 34,7 trln. so‘mni tashkil etadi.
Deputatlar tibbiy xizmatning avtomobil parkini yangilash, respublika va hududiy muvofiqlashtirish-dispetcherlik xizmatlarining ma'lumotlarini yagona uzatish tarmog‘iga birlashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga taalluqli takliflarni qo‘llab-quvvatladilar. Ana shu maqsadlar uchun 141 mlrd. so‘m ajratish rejalashtirilmoqda.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov so‘zga chiqdi.
Barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ekologik harakat deputatlar guruhining so‘zga chiqqan vakillari Hukumat tomonidan taqdim etilgan 2018 yilgi Davlat byudjyeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjyetlarining loyihasini, shuningdek soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlashni taklif etdilar. Loyiha Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yer qarida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi
Jahon | 00:12
-
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
Jahon | 23:20 / 25.05.2025
-
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
Jahon | 22:35 / 25.05.2025
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46 / 25.05.2025
Mavzuga oid

20:08 / 22.05.2025
Issiqlik ta’minoti obektlarini qurishga 500 mlrd so‘m ajratildi

10:18 / 15.05.2025
Rossiya federal budjetning deyarli uchdan bir qismini maxfiylashtirdi

15:03 / 03.05.2025
Tramp AQSh harbiy budjetini 1 trln dollargacha oshirmoqchi

11:10 / 30.04.2025