Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sharqiy Al-Quds shahrida Turkiya elchixonasi ish boshlaydi
Foto: Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘an yakshanba kuni «Sharqiy Al-Quds shahrida Turkiya elchixonasi ochilishi»ni ma'lum qildi. Istanbul deklaratsiyasini imzolagan «Islom hamkorlik tashkiloti» a'zo davlatlari Sharqiy Al-Qudsni Falastin poytaxti, deb tan olgan edi. Endilikda Turkiya jumhuriyati rahbari hal qiluvchi qarorni ommaga e'lon qildi.
Reuters'ning xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning fikriga keskin qarshi chiqqan prezident Erdo‘g‘an turk millatdoshlari oldida chiqish qilib, «tez kunlarda Sharqiy Al-Quds shahrida Turkiya elchixonasi ish boshlashini ma'lum qilgan».
Eslatib o‘tamiz, Turkiya Respublikasi davlat rahbari bundan avvalgi nutqida, «Al-Qudsni boy berish, Makka va Madina kabi shaharlarni boy berish bilan teng» ekanini izhor etgandi.
Mavzuga oid
10:18 / 09.04.2026
Turkiyada yashirinib yurgan qidiruvdagi shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
19:27 / 05.04.2026
Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
01:20 / 30.03.2026
Turkiya kurdlarni Eronga qarshi urushga qo‘shilishdan ogohlantirdi – OAV
22:32 / 28.03.2026