Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni uran razvedkasiga start berdi
Foto: CC BY-SA 4.0 / B.alotaby /
Saudiya Arabistoni uglevodorodlar o‘rniga muqobil energiya manbalarini rivojlantirish dasturi doirasida uran razvedkasiga kirishdi. "Al-Okaz" gazetasi qirollikning Geologiya boshqarmasi rahbari Zohir Nuvabning so‘zlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
"Xail provinsiyasida uran rudalari va toriy zaxiralari razvedkasi va ularni baholashga doir loyiha bo‘yicha ishlar boshlandi. Loyiha ikki yilga mo‘ljallangan bo‘lib, u Geologiya boshqarmasi va qirol Abdulla nomidagi atom va qayta tiklanuvchi energetika ilmiy markazi, shuningdek, xitoylik mutaxassislar jamoasi ishtirokida o‘tkaziladi", - dedi Nuvab.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyiha mamlakatdagi keng ko‘lamli geologorazvedka doirasida valiahd shahzoda buyrug‘iga binoan amalga oshirilmoqda. Unda Saudiya qirolining shu yilning mart oyida Pekinga tashrifi davomida imzolangan shartnomaga muvofiq, Xitoy milliy atom korporatsiyasi mutaxassislari ham ishtirok etishmoqda.
Boshqarma rahbarining ta'kidlashicha, qirollik topilgan zaxiralardan harbiy maqsadlarda foydalanmaydi.
2015 yilda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol-Saud mamlakatni 2030 yilgacha rivojlantirishga doir iqtisodiy dasturi haqida e'lon qilgan. Mazkur dastur mamlakatning neftga qaramligidan voz kechishni ko‘zda tutadi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.01.2026
Saudiya Arabistonida keksa erkak vafot etdi, oilasi uning 142 yoshda ekanini da’vo qilmoqda
20:57 / 15.01.2026
Arab davlatlari Trampni «Eronga imkoniyat berishga» ko‘ndirdi – OAV
18:27 / 13.01.2026
O‘zbekiston U23 guruhda birinchi o‘rin bilan Osiyo Kubogi pley-off bosqichiga chiqdi
18:36 / 12.01.2026