Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alphabet X'ning yangi texnologiyasi millionlab hindistonliklarni internetga ulaydi
Foto: East News
Alphabet kompaniyasining tajriba bo‘limi hisoblangan Alphabet X Hindistonning Andxra-Pradesh shtati hukumatiga Free Space Optical Communications (FSOC) texnologiyasini sotish haqida e'lon qildi. FSOC - mamlakatning qishloq hududlari aholisiga internetga ulanish imkonini beruvchi erkin aloqa optikasi.
Alphabet kompaniyasi hind shtatiga Project Loon tashabbusi doirasida ishlab chiqilgan 2 ming FSOC qurilmasini taqdim etadi. Bu yirik nuqtalar - mobil aloqa minoralari va Wi-Fi zonalariga ulanuvchi kichik qutichalar. Ular bir-biridan bir necha kilometr narida, tomlar yoki ustunlarda joylashgan bo‘lib, yorug‘lik nurlari vositasida xabarlashadi hamda yaqin oradagi mintaqalarni tezkor internet bilan ta'minlaydi.
Bugunga kelib, Andxra-Pradesh aholisining 20 foizi tarmoqqa kirish imkoniga ega. Shtat hukumati maqsadi — 2019 yilga borib, 12 million uy xo‘jaligi va korxonalarni internet bilan ta'minlash. Rejadagi tezlik fuqarolar uchun - 15-20 Mbit/s va tashkilotlar hamda xususiy kompaniyalar uchun - 1 Gbit/s.
FSOC texnologiyasi birinchi marta Project Loon aerostatini ishlab chiqishga doir loyihada Google X tomonidan qo‘llangan. Havo sharlari stratosferaga ko‘tarilib, sayyora aholisini 4G LTE simsiz aloqa standarti bilan ta'minlashi kerak edi. Kuzda kompaniya uni "Mariya" dovuli asoratlarini bartaraf etishda yordam berish uchun Puerto-Riko uzra ishga tushirdi.
Alphabet kompaniyasi FSOC jihozlarini Loon loyihasining "yangicha yondashuvi" deb atadi. Alphabet X muhandislaridan iborat jamoa texnologiyani tatbiq etishga ko‘maklashish uchun Hindistonga yo‘l oladi.
Mavzuga oid
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
12:08 / 13.01.2026
Alphabet kompaniyasining kapitalizatsiyasi ilk bor 4 trln dollardan oshdi
23:10 / 07.01.2026
«Telsartan H» dori vositasining ayrim partiyasi muomaladan qaytarib olinadi
13:02 / 06.01.2026