Jahon | 08:40 / 18.12.2017
26198
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadalik milliarder va uning rafiqasi o‘limi sababi ma'lum qilindi

Foto: news-free.ru

Toronto politsiyasi kanadalik milliarder Barri Sherman va uning rafiqasi Xani arqon bilan bo‘g‘ilishdan vafot etishganini ma'lum qildi.

16 dekabrda Apotex farmatsevtik kompaniyasi asoschisi, milliarder Barri Sherman va uning rafiqasi Torontodagi uylarida jonsiz holda topilganlari ma'lum qilingandi. Politsiya vakili Devid Xopkinsning ma'lum qilishicha, politsiya ushbu voqeani “shubhali holat” sifatida tergov qilmoqda.  

“Kecha va bugun sud-ekspertizasi o‘tkazildi. Ikki marhumning o‘limiga arqondan bo‘g‘ilishlari sabab bo‘lgan”, deyilgan politsiya xabarida. 

Sherman Kanadaning eng boy odamlari ro‘yxatida 15-o‘rinni egallagan. Juftlik ortidan 4 farzandi qoldi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid