Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda umrbod qamalganlar uchun yangi qamoqxona ochildi
Foto: IA «24.kg»
Qirg‘izistondagi 19-sonli axloq-tuzatish muassasasida umrbod qamoq jazosiga mahkum qilinganlarning hayotini yengillashtiruvchi dastur amal qila boshladi. Bu Qizil Xoch xalqaro qo‘mitasi va Qirg‘izistonning jazolarni ijro etish xizmatining hamkorligi natijasi hisoblanadi.
Qamoq jazosi olish og‘ir, biroq umrbod qamoq jazosiga tortilish yanada ham og‘irroqdir. Qirg‘izistonda jinoyat kodeksining ikki moddasi – terrorchilik va qotillik uchungina umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin.
“O‘zini osoyishta tutgan va qoidabuzarliklar amalga oshirmaganlar jazo muddatining 20 yilini o‘tagach, turmadagi sharoitlarning yumshatilishiga umid qilishlari mumkin”, deb aytgan qamoqning ikkita yangi turar joy kompleksining ochilishida Qirg‘izistonning jazolarni ijro etish xizmati raisi Taalaybek Japarov.
Mavzuga oid
18:30 / 29.12.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev davlat mukofotlaridan mahrum etildi
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
14:22 / 17.12.2025
Qirg‘izistonda ta’lim vaziri mast holda mashina boshqarib qo‘lga tushdi
17:58 / 16.12.2025