Jahon | 19:23 / 18.12.2017
20134
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyada Ikkinchi jahon urushi zamonlariga mansub qurollar qo‘llanilmoqda

Suriyaning Halab viloyatida jangarilar va hukumat qo‘shinlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 1938 yilgi namunadagi M-30 gaubitsalari qo‘llanilayotgani ma'lum bo‘ldi. Ushbu qurolning jang vaqtida qo‘llanilayotgani videosi YouTube’ga joylashtirildi.

Rolikka berilgan izohda ma'lum qilinishicha, Stalin vaqtidagi 122 millimetrli gaubitsalar Suriya qo‘shinlari va ularning ittifoqdoshlari tomonidan Dirm-al-Sayal va Ubayda aholi punktlaridagi to‘qnashuvlarda qo‘llanilgan.

Ma'lum qilinishicha, bu qurol Suriyadagi ixtilofda qo‘llanilayotgan “Msta-B” gaubitsalariga qaraganda ancha eskirib qolgan bo‘lsa-da, jangarilarga qarshi hali ham samarali qurol hisoblanadi. 

Suriya armiyasi janglarda 1930-yillarda ishlab chiqilgan sobiq ittifoq qurollarini qo‘llashga majbur bo‘lgani noyabr oxirida ma'lum bo‘lgandi. Jumladan, gap 1937 yilgi namunadagi 152 millimetrli ML-20 zambaragi va suriyalik artilleriyachilarning aytishicha, “o‘z ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoda tengi yo‘q” M-30 gaubitsalari haqida ketgan.

ML-20 va M-30 artilleriya qurollari Suriyaga Sobiq ittifoq tomondan yetkazib berilgan va mahalliy ixtiloflarda qo‘llanilgan. Ochiq manbalardan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, 2012 yilda Suriyada bu qurollardan bir necha o‘nlab dona bo‘lgan. Bundan tashqari, ushbu qurollar Suriyaga 2016-2017 yillarda Rossiya tomondan ham yetkazib berilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid