Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Jangarilar Iroq va Suriyadan Afrikaga qochishmoqda” – Jazoir TIV
Xorijiy jangarilar Suriya va Iroqdagi “qaynoq” nuqtalardan Afrika Sohili, Afrika shohi va Chad ko‘li atrofidagi hududlarga qochishmoqda. Bu haqda Jazoir tashqi ishlar vazirligi hisobotida ma'lum qilingan. Ushbu hujjat 17 dekabrda Jazoir poytaxti Jazoirda o‘tgan Terrorchilik muammolarini o‘rganish Afrika markazi yig‘ilishida taqdim qilindi.
“Xorijiy jangarilarning Suriya va Iroqdagi janglar hududidan o‘z yurtlari yoki boshqa muammoli hududlar – Sohil, Afrika shohi va Chad ko‘li atrofidagi hududlarga ko‘chishi yuz bermoqda”, deb ma'lum qilgan Jazoir tashqi ishlar vazirligi vakili Xayis Riash.
“G‘oyaviy yaxshi tayyorlangan, harbiy malakalarga o‘rgatilgan va aksariyat hollarda internet va ijtimoiy tarmoqlarni qo‘llash malakalarini yaxshi egallagan bu jinoiy unsurlar paydo bo‘lgan joylarida partizan urushi ko‘rinishida buzg‘unchilik faoliyatini olib boradilar”, deb aytilgan hujjatda.
Jazoir tashqi ishlar vazirligida ta'kidlanishicha, “terrorchilik faoliyatiga jalb qilingan va Afrikaga qaytmoqchi bo‘lgan yosh afrikaliklar soni minglarni tashkil qiladi”. Aytilishicha, “shu tariqa Afrika davlatlarining shundoq ham cheklangan zaxiralariga bosim o‘sib boradi”.
“Terrorchilik va xalqaro uyushgan jinoyatchilik o‘rtasida yaqin aloqa mavjud. Bugungi kunda ushbu aloqa isbotlangan. Giyohvand moddalar, noqonuniy migratsiya, qurol, odam, madaniy boyliklarni sotish, chorvani o‘g‘irlash, qaroqchilik, barcha turdagi kontrabanda – atrofida mafioz guruhlar va terrorchilik harakatlari hamkorligi shakllanadigan va amalga oshiriladigan jinoiy faoliyat turlari shulardan iborat”, deb aytilgan hujjatda.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026