Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
600 dollarga namunali uylardan birini olish mumkinmi?
Foto: Fotolia
Farg‘ona viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilayotgan tezkor profilaktik tadbirlar davomida bir qator firibgarlik holatlari fosh etildi.
O‘zA'ning yozishicha, Rishton tumanidagi “Mirishkor quruvchi” mas'uliyati cheklangan jamiyati rahbari A.Abduqodirov Bo‘jay qishlog‘ida yashovchi B.N.ning ishonchiga kirib, namunali loyihalar asosida qurilayotgan uylardan birini olib berishni va'da qiladi. Ana shu “xizmati” evaziga 600 AQSh dollarini olayotgan paytda ushlandi.
Quvasoy shahar prokuraturasiga fuqaro B.Usmonov ariza bilan murojaat qilib, firibgarning tuzog‘iga tushib qolganini bildiradi. Ma'lum bo‘lishicha, quvasoylik A.Hasanov 2015 yilda unga uy olib beraman deb, 52 million 160 ming so‘m pulni olgan va shu kunga qadar qaytarib bermasdan, aldab kelgan.
Farg‘ona shahrida yashovchi V.Yegorov ham Sh.A.ni chuv tushirdi. Unga “Matiz” avtomashinasi olib berishni va'da qilib, 1 ming 200 AQSh dollarini olgan. Lekin, shu kunga qadar na pulni qaytargan, na mashinaning "qora"sini ko‘rsatgan.
Mazkur holatlar bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:26 / 04.05.2026
“Prezident orzumga yetkazsin deyman” – farg‘onalik 106 yoshli urush faxriysi
08:12 / 04.05.2026
Aliment to‘lamaslik uchun xotini va qizini o‘ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi
22:05 / 27.04.2026
Prezident Marg‘ilondagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” turizm majmuasi bilan tanishdi
18:37 / 27.04.2026