Jahon | 08:41 / 19.12.2017
10674
2 daqiqa o‘qiladi

Ostonadagi avtobus bekatlariga “qalpoqlar” kiygazildi 

Ostonadagi avtobus bekatlari tomlarida to‘qilgan qishki qalpoq ko‘rinishidagi bezaklar paydo bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bu antiqa tashabbusga turlicha fikrlar bildirishgan. 

Foto: Tengrinews
Foto: Tengrinews
Foto: Tengrinews

“Ostonada bekatlarga qalpoqlar kiygazilmoqda”, deb suratlarga izoh qoldirgan Yerlan Sakenov. 

“Yelvizak bo‘lmasligi uchun yaxshisi devorlar ko‘rinishidagi shubalar kiygazishsa bo‘lardi”, deb fikr bildirgan Aynura Auyesxanova.

“Yozda panamkalarga almashtirishadi”, deb yozgan yana bir foydalanuvchi. 

O‘z navbatida, poytaxtning Sariarka tumani hokimi Arman Turlubek ham Facebook’dagi sahifasida antiqa bekatlar suratlarini joylashtirib, ostonaliklarni yilning sovuq vaqtida bosh kiyimlar kiyib yurishni kanda qilmasliklariga chaqirgan. “Hozirgi vaqtda ko‘pchilikda qishda bosh kiyim kiymaslik odati bor. Ayniqsa, o‘quvchilar va yoshlar orasida. Albatta, qalpoq kiyish soch turmagini buzishi yoki yarashmasligi mumkin. Biroq poytaxtdagi bekatlar ham qalpoqlar kiya boshladi ))) Bosh kiyimlarni kiyib yuring! O‘z sog‘lig‘ingizni asrang!!!”, deb izoh qoldirgan amaldor.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid