Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung Galaxy S9 taqdimoti sanasi ma'lum qilindi
Samsung korporatsiyasi o‘zining S9 va S9 Plus smartfonlarini fevral oyi oxirida namoyish qiladi, ikki smartfon ham mart oyidan sotuvga chiqadi. Bloomberg ma'lumotlariga ko‘ra, yangi qurilmalar taqdimot sanasi - 27 fevral.
Ta'kidlash joizki, Galaxy S7 va S7 Edge 2016 yilning 21 fevralida namoyish etilgan edi va 12 martdan sotuvga chiqqan. Samsung'ning sakkizinchi smartfoni esa joriy yilning 29 martida taqdim etildi, 21 apreldan boshlab sotuvga chiqdi.
Bloomberg Samsung'ning yangi flagman qurilmasiga oid boshqa hech qanday tafsilotlar bilan bo‘lishmadi, faqatgina - ularning "modernizatsiyalashgan kamera tizimi"ga ega bo‘lishi ma'lum qilindi. Shunday bo‘lsa-da, taniqli bloger va insayder @onLeaks qurilmaning yangi suratlarini taqdim etdi.


Umuman olganda, Samsung Galaxy S9 o‘zidan avvalgi smartfonga o‘xshash bo‘ladi. Asosiy o‘zgarishlar endi kamera tagida, o‘rtada joylashgan barmoq izlari skaneriga tegishli bo‘ladi. Quloqchinlar "uyasi" qurilmaning pastki qismida, dinamikaning yonida joylashgan bo‘ladi. Faqat Galaxy S9 + qurilmasigina ikki kameraga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
13:41 / 17.11.2025
Apple iPhone chiqarilish jadvalini o‘zgartirdi - endi taqdimotlar yiliga ikki marta bo‘ladi
21:42 / 08.10.2025
Har bir mahallada favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralari targ‘ib etiladi
20:58 / 08.10.2025
Prezident elektrotexnika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi
20:33 / 27.10.2023