Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ilk bor yoshlarning harbiy-vatanparvarlik aksiyasi o‘tkaziladi
Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlar tashkil topganining 26 yilligiga bag‘ishlab, joriy yilning 20 dekabr kuni soat 12:00da, poytaxtning “Bunyodkor” stadioni yonidagi maydonda “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir!” shiori ostida ilk bor yoshlarning harbiy-vatanparvarlik aksiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etiladigan mazkur aksiyada mamlakat aholisi, ayniqsa, yoshlar uchun zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika ko‘rgazmasi, harbiy ta'minot masalalari, shuningdek, harbiy orkestr va estrada yulduzlarining konsert dasturi, harbiy xizmatchilarning qurol bilan saf hamda qo‘l jangi elementlari chiqishlari hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti o‘quv-sport texnika klublarining texnik vositalari namoyish etiladi.
Mavzuga oid
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
20:30 / 28.06.2026
Qozog‘iston qurolli kuchlari yuqori darajadagi jangovar shaylik holatiga keltiriladi
19:44 / 28.06.2026