O‘zbekiston | 22:45 / 20.12.2017
84125
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi yildan O‘zbekistonda taksichilar patent asosida faoliyat ko‘rsatishi mumkin

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga 2018 yildan boshlab yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib, yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat berilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Senatining 13-yalpi majlisida ma'ruza qilgan bosh vazir o‘rinbosari — moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma'lum qildi.

Ushbu tartib tegishli litsenziya olgan, o‘rindiq joylari 4 yo‘lovchidan ortiq bo‘lmagan taksilarga nisbatan tatbiq etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Vazirning aytishicha, mazkur taklif prezidentning soliqlar yig‘ishni oshirish, daromadlarni qonuniylashtirish, qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash doirasida bergan topshiriqlarini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Shuningdek, tajriba tariqasida Toshkent shahrida chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi mikrofirma va kichik korxonalar uchun mehnatga haq to‘lash fondining o‘rnatilgan bazaviy miqdoridan oshgan summasiga 10 foiz miqdorida yagona ijtimoiy to‘lovning pasaytirilgan stavkasini joriy etish taklif etilmoqda.

Bunda bazaviy ish haqi fondi sifatida o‘tgan yildagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi.

Mavzuga oid