Jahon | 01:01 / 20.12.2017
20760
2 daqiqa o‘qiladi

IShIDning 3 muhim yetakchisi yo‘q qilindi

Foto: flickr.com / Staff Sgt. Shawn Nickel, U.S. Air Force/Released

AQSh boshchiligidagi xalqaro aksilterrorchilik koalitsiyasi oxirgi 3 hafta ichida Iroq va Suriyada IShIDning 3 yetakchisini yo‘q qildi. Bu haqda jurnalistlarga AQShning quruqlikdagi qo‘shinlari polkovnigi Rayan Dillon ma'lum qildi.    

“Oxirgi 3 hafta ichida koalitsiya harbiy-havo kuchlarining aviazarbalari natijasida IShIDning 3 yetakchisi yo‘q qilindi. Terrorchilik guruhida muhim rol o‘ynagan bu terrorchilarning bartaraf etilishi IShID rahbariyati va uning axborot tarqatish faoliyatiga talofat yetkazadi. Bu esa jangarilarning Suriya va Iroqda hamda xorijda teraktlar rejalashtirish va ularni amalga oshirishga qodirlik darajasini kamaytiradi”, deb aytgan Dillon.

Ta'kidlanishicha, koalitsiya bu zarbalarni 28 noyabr va 1 dekabrda amalga oshirgan.

Dillon jangarilar avval nazorat qilgan deyarli barcha hududni yo‘qotganini ta'kidlab o‘tgan.

“IShID avval nazorat qilgan deyarli barcha hududni yo‘qotdi. 7,7 mln.dan ko‘proq odam endi ozod, biroq bu kurashning oxirini bildirmaydi”, deb aytgan polkovnik.

U IShIDni turli vaziyatlarga moslasha oladigan “zehnli, berahm va yovuz” dushman deb atadi. Dillonning aytishicha, koalitsiya Jyenevadagi muzokaralar ijobiy yakun topmaguncha Suriyada qoladi. 

Mavzuga oid