Jamiyat | 16:00 / 20.12.2017
12550
2 daqiqa o‘qiladi

Sizni aldashlariga yo‘l qo‘ymang!

Xalqimizga xos fazilatlardan biri – ishonuvchanlik. Shu bois, eshigimizdan birov qaysidir idora xodim ekanligini aytib kelsa, so‘zining o‘zi kifoya. Bundan firibgarlar shu qadar unumli foydalanadiki, so‘ng esa dilxiraliklar yuzaga keladi.

Yaqinda jinoyat ishlari bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman sudida “Vodiygazta'minot” UK tuman filialida uy ichi chilangari vazifasida ishlab kelgan Zokirjon Hayitovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Jumladan, Z.Hayitov firibgarlik yo‘li bilan joriy yilning 13 iyun kuni X.Samatovga tabiiy gazdan 728 ming so‘m miqdorida qarzdorligi borligini aytib, uni 400 ming so‘m evaziga qoplab berishini va shuncha miqdordagi mablag‘ga yangi hisoblagich keltirib berishini aytadi. Shu tariqa u X.Samatovning jami 800 ming so‘mini aldov yo‘li bilan olishga erishadi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.

Xuddi shunday yo‘l bilan fuqaro B.Mirzayevni “chuv” tushirish niyatida 1 mln 975 ming so‘m qarzdorligi mavjudligini aytib, uni 600 ming so‘m evaziga qoplash hamda qarzdorligi yo‘qligi to‘g‘risida ma'lumotnoma olib berishni va'da qiladi. Dastlab olingan 300 ming so‘mni B.Mirzayevning yashash xonadoni abonent raqamiga pochta orqali to‘lagan Z.Hayitov idorasining kirish qismida kelishilgan pulning qolganini olgan vaqtida MIB xodimlari tomonidan ushlandi.

Holat yuzasidan Z.Hayitovga nisbatan qilmishiga yarasha jazo tayinlandi.

Mavzuga oid