Ukraina Donbassga «bombalar yomg‘iri» yog‘dirmoqchi
Ukrainalik harbiylar 600taga yaqin artilleriya qurollarini jangovar holatga keltirishdi. Ular Donbassdagi ayirmachilarning pozitsiyalarini ommaviy ravishda o‘qqa tutishga tayyorlanishmoqda. Bu haqda «Vestnik Mordovii» xabar tarqatdi.
Bunday topshiriq 220dan ortiq 2S1 «Gvozdika» rusumli gaubitsa va 300dan ortiq 152 millimetrli «Akatsiya» tanklari boshqaruvchilariga kelib tushgan. Bundan tashqari, «Giatsint», «Msta-S» hamda 47 kilometr masofadagi nishonga zarba bera oluvchi 203 millimetrli «Pion» rusumli artilleriya texnikalari jangovar shay holatga keltirilgan.
Agentlik xabarida qayd etilishicha, o‘zi harakatlanuvchi artilleriya texnikalaridan tashqari, 1,2 mingdan ortiq shatakka olinuvchi harbiy texnikalar va raketa tizimlari harbiylar ixtiyorida.
18 dekabr kuni Donbassda ikki tomon bir-birini tinch aholi punktlarini o‘qqa tutishda ayblagandi. Bu tarang vaziyat rossiyalik kuzatuvchi-zobitlar Ukraina janubi-sharqida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga ko‘ra hududdan olib chiqilishi fonida ro‘y berdi.
Kiyevdagilarning hisoblashicha, eskalatsiyani yuzaga keltirishdan maqsad ukrainaliklar ko‘z o‘ngida Ukraina armiyasini yomonotliq qilishdir.
Mavzuga oid
13:50
Ukraina tunda Rossiyaning 68 ta dronidan 31 tasini urib tushirdi
21:00 / 12.10.2024
Ukrainadagi urushda qatnashgan o‘zbekistonlik ustidan Rossiyada sud boshlandi
19:32 / 12.10.2024
«Ukraina G‘arb siyosatida endi birinchi emas» - OAV
00:49 / 12.10.2024