Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya va Polsha Rossiyaga qarshi bir qarorga keldi
Foto: Reuters
Buyuk Britaniya va Polsha «Rossiya axborot amaliyotlariga» qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish to‘g‘risida kelishib oldi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
Britaniya hukumati kantselyariyasidan xabar qilishlaricha, bosh vazir Tereza Mey payshanba kuni bu haqda e'lon qiladi.
«Loyiha Rossiya axborot amaliyotlarini aniqlash va ularga qarshi kurashish bo‘yicha bizning imkoniyatlarimizni mustahkamlash, shuningdek Polsha tomonidan moliyalashtirilayotgan Belsat telekanalini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. U Belarus aholisiga xolis va haqqoniy reportajlarni taqdim etadi», - deya aytib o‘tdi kantselyariya vakili.
Mey 21 dekabr kuni Varshavaga yo‘l olib, u yerda har yilgi ikki tomonlama sammitda ishtirok etadi.
Mavzuga oid
09:28
Zelenskiy: Ukraina sulhni qo‘llab-quvvatlaydi
20:35 / 09.04.2026
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborish uchun asoslar soni ikki barobar oshiriladi
10:13 / 08.04.2026
Neft, gaz va o‘g‘it: Ho‘rmuz sabab RF daromadlari keskin oshishi mumkin
10:09 / 08.04.2026