Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi dekabr oxirida muhokama qilinadi
21 dekabrda Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov transport va yo‘llar vaziri Jamshitbek Kalilovni qabul qilgan.
Kalilov prezidentga Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha 25 dekabrda Toshkentga bir guruh mutaxassislar uch tomonlama uchrashuvga yo‘l olishlarini, 27 dekabrda esa vazirlar darajasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi, unda temir yo‘lning qurilishi bo‘yicha barcha masalalar muhokama qilinishini ma'lum qilgan.
“23 dekabrdan Bishkek-Toshkent aviareyslari qayta boshlanadi. 2018 yilda esa O‘sh-Toshkent-O‘sh yo‘nalishi bo‘yicha aviareyslar ishga tushiriladi. Avtomobil va yo‘lovchi transporti masalalarini tartibga solish bo‘yicha biz o‘zbek tomoni bilan 2018 yil 25 yanvarda uchrashamiz va umid qilamizki, bir yechimga kelamiz”, deb aytgan vazir.
Mavzuga oid
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:20 / 23.06.2026