Senat yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda
21 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda. Unda senatorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, boshqa idoralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.
Majlis kun tartibiga 26 masala kiritilgan bo‘lib, uning 15 tasi qonun, qolgani boshqa masalalardir.
Yalpi majlisning birinchi kunida 17 masala ko‘rib chiqildi. Bular - O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi Davlat byudjyeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjyetlari hamda soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi hamda kun tartibiga kiritilgan 15 qonun ko‘rib chiqildi. Ko‘rib chiqilgan qonunlar senatorlar tomonidan ma'qullandi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Senat raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev boshqarayotgan yalpi majlisning ikkinchi kunida qolgan masalalar ko‘rib chiqilmoqda.
O‘zA xabariga ko‘ra, ayni vaqtda 2018 yilda fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha dastur to‘g‘risidagi masala muhokama qilinmoqda.
Mavzuga oid
10:15 / 10.10.2024
“Mas’ullarning faoliyatiga huquqiy baho beriladi” – Senat paxta terimiga majburlash holatlariga munosabat bildirdi
21:05 / 30.09.2024
Yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchi tashish xizmati tariflari erkinlashtiriladi
18:20 / 30.09.2024
O‘zbekiston umumiy iqtisodiyotida kreativ iqtisodiyot ulushi oshiriladi
08:52 / 28.09.2024