Jahon | 16:07 / 21.12.2017
30487
1 daqiqa o‘qiladi

Silvestr Stallone nomusga tegishda ayblandi

Foto: Warner Bros. Pictures

Aktyor va rejissyor Silvestr Stalloneni nomusga tegishda ayblashdi, deb xabar bermoqda TMZ huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaga tayangan holda.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Santa-Monika politsiyasiga tegishli ariza bilan nomi oshkor etilmayotgan ehtimoliy qurbon murojaat qilgan. Iddao etilishicha, hodisa Stallonening ofisida 1990 yilda yuz bergan.

Artist bu ayblovni rad etmoqda. U qarshi da'vo arizasi bilan chiqishni rejalashtirmoqda.

Politsiya olingan ma'lumotni o‘rganib chiqadi va uni prokuraturaga taqdim etadi, shundan so‘ng keyingi harakatlar bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

Kaliforniya shtatida shunga o‘xshash jinoyatlar uchun belgilangan muddat 10 yilni tashkil etadi. Biroq ushbu holatda (Hollivudda shunga o‘xshash mojarolar so‘nggi paytda ko‘payib ketdi), manbalar so‘zlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari bunday jinsiy xatti-harakatlar bo‘yicha barcha arizalarni ko‘rib chiqmoqda.

Mavzuga oid