17:27 / 19.02.2018
33860

Internetda Silvestr Stallone vafot etgani haqida feyk xabar tarqaldi

Foto: Reuters

19 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlardagi pabliklar Hollivud yulduzi Silvestr Stallonening o‘limi haqida xabar berdi. Tasdiqlanmagan xabarlarda artist saraton tufayli hayotdan ko‘z yumgani aytiladi. Yangilik feyk bo‘lib chiqdi, biroq bu aniqlanguniga qadar, u internetda ancha tarqab ketdi.

Aktyorning o‘limi haqida World Tattoo & Piercing pabligi xabar tarqatdi. «Silvestr Gardentsio Stallone bugun ertalab saraton tufayli vafot etdi. Aktyor o‘z kasalligini sir saqlagan, biroq oxir-oqibat uni yenga olmadi», - deya yozishgan hamjamiyat mualliflari. Ular postga sochi oq va siyraklashib borayotgan Stallonening suratini ham qo‘shib qo‘yishgan. Xuddi shu yangilik guruhning Twitter’dagi sahifasida ham e'lon qilindi.

Aktyorning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini o‘rganib chiqqan yuzerlar uning o‘limi haqidagi xabarlar yolg‘on ekanini tushunib yetishdi. Aktyor ishqibozlari bu haqda o‘z sahifalarida ogohlantirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Stallone 71 yoshda. U 50 dan ortiq filmda rol ijro etgan. Aktyor «Rokki» filmlar seriyasi va jangari janrdagi kartinalar tufayli mashhurlikka erishgan.

Mavzuga oid
Top